GO‘ZALLARGA SOVG‘A

Joriy yilning 12-mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq akademik musiqali teatrda Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali talabalari uchun maxsus  sahna asari taqdim etildi. Ushbu sahna asari nomi ,,Go‘zallarga sovg‘a” deb nomlangan bo’lib, unda 8-mart Xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan maxsus qo’shiqlar va hazillar taqdim etildi.

Teatrga talaba-yoshlarni jalb etish, ularni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan o’tgazilgan bu galgi safar kutilgan natijani berdi deb o’ylayman. Ushbu tashrif ,,5 muhim tashabbus” doirasida tashkil etilgan bo’lib, yoshlarning  musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilganligi e’tiborga loyiq.

Ushbu spektakl orqali ayol-qizlar hamisha jamiyat e’tiborida ekanligi, ular ushbu davlatning faol qatlamidan biri ekanligi va ular hamisha hurmatda ekanligi yana bir bor isbotlandi.

Ushbu taqdim etilgan sahna ko’rinishi davomida namoyish etilgan kuy-qo’shiqlar, hazil- mutoybalar barchaga manzur keldi. Talabalarning madaniy xordiq chiqarishlariga yordam berdi. Zeroki, teatr by ibratxona. Unda namoyish etilgan har bir asar insonga qay manodadir dars vazifasini o’taydi.

Shahzoda Abdullayeva,

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik jihozlarini ishlab chiqarish

va avtomatlashtirish guruhi 1-kurs talabasi.