Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i


QIDIRNIYAZOV NIZAMATDIN SEYTNIYAZOVICH





  • Telefon: +998 (61) 224-85-60


  • Faks: +998 (61) 224-04-43


  • Email: nizam.qididrniyazov2929@gmail.com
  •         Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi filial jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzoq muddatli, keng ko’lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

           Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari hamda filial ichki tartib-qoidasi va ushbu bo’lim Nizomiga binoan faoliyat ko’rsatadi.

          Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limining asosiy maqsadi – talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g’oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O’zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.

    • talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xaqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
    • vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
    • talabalarda kasb hunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish;
    • talabaning shaxs sifatidagi, o’ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
    • talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o’qishga va kasbga bo’lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ’ib qilish;
    • talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko’nikmalarni kengaytirish;
    • talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
    • talaba yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil yetish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil yetish;
    • manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
    • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ’ib etish;
    • talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo’lga qo’yish;
    • milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ’ibotiga bag’ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil yetish;
    • talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko’maklashish;
    • filialda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
    • diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
    • yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko’maklashish
    • yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
    • yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
    • talaba qizlarni kasb-hunar egallashlariga ko’maklashish ishlarini tizimli tashkil etish;
    • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg’armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.