Oqıw isleri boyınsha direktor orınbasarı

Jumamuratov Daniyar Kalbaevich


Qabıllaw waqtı:

Siyshembi: 15:00-17:00
Piyshembi: 10:00-12:00

  • Telefon: +998 (61) 224-85-61


  • Faks: +998 (61) 224-04-43


  • E-mail: uquvtarbiya@ndkinf.uz
  • 1998-2001 yy.-Qoraqalpoq davlat universiteti suv ta’minoti, suv zahiralaridan rasional  foydalanish kafedrasi laboranti
    2001-2006 yy.-Qoraqalpoq davlat universiteti qurilish kafedrasi assistenti
    2006-2007 yy.-Qoraqalpoq davlat universiteti umumiy qurilish kafedrasi katta o‘qituvchisi
    2007-2010 yy.- Qoraqalpoq davlat universiteti fizika-texnika fakul’teti dekan muovini
    2010-2010 yy.-Qoraqalpoq  davlat  universiteti texnika fakul’teti dekani vazifasini bajaruvchi
    2010-2011 yy.-Qoraqalpoq  davlat  universiteti texnika fakul’teti dekan muovini
    2011-2014 yy.-Qoraqalpoq  davlat  universiteti qurilish kafedrasi mudiri
    2014-2016 yy. -Qoraqalpoq  davlat  universiteti muhandislik kommunikasiyalar qurilishi kafedrasi mudiri
    2016-2019yy. -Qoraqalpoq  davlat  universiteti muhandislik kommunikasiyalar qurilishi kafedrasi dosenti
    2019 y – h.v. -Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filiali o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

    • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining huquqiy-normativ hujjatlari va ko‘rsatmalarini amalga oshiradi;
    • O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini Filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda Filialning barcha ta’lim va ilmiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy-davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
    • Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiq,lashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda Filial professor-o‘qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta’minlash, Filialda ilmiy maktablarning shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib boradi;
    • Filialda magistratura, aspirantura, doktorantura va sirtqi ta’lim shaklini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi hamda Filial xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarning ochilishiga ko‘maklashadi.
    • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqaradi va ularga ko‘maklashadi;
    • Xalqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusi va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashadi;
    • Barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini amalga oshiradi hamda yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantiradi va taqdim (himoya) etadi;
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdor nufuzli stipendiya sovrindorlarini talaba va aspirantlar orasidan tayyorlash jarayonini boshqaradi;
    • Filialda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    • Talabalar ilmiy jamiyati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kengashini boshqaradi;
    • Aspirant va doktorantlarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qiladi;
    • Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini boshqaradi;
    • Fan va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi, axborot-resurs markazi (elektron kutubxona), tahririyat-noshirlik bo‘limi ish rejalarini tuzadi va uning bajarilishini nazorat qiladi;
    • Filialning muammoli ilmiy laboratoriya, kafedra va boshqa ilmiy bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qiladi va ayni paytda ularni nazorat qiladi hamda ilmiy loyihalar va grantlarni jalb etish, shuningdek,, innovasiyalarni joriy etish masalalarini boshqaradi;
    • Direktor o‘rinbosarning elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlarning vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlari, chet elga xizmat safariga borish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2005 yil 15 apreldagi 379-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati va tuzilmaviy bo‘linmalari xodimlarining xorijga xizmat safariga qisqa muddatli safar qilishi haqida”gi Yo‘riqnoma asosida Filial direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi;

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq,, ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, Filialningning Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash qarorlari, direktor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir huquqiy-normativ hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek,, o‘zining  xizmat vazifalariga rioya etadi.