KITOBDAN BOSHQA NAJOT YO’Q

Shu yilning 6-aprel kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali va O’zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari orasida «Kitob haftaligi» doirasida tashkil etilgan, «Sevimli asarim» va «Yoqtirgan she’riy asarim» mavzusida, mushoira kechasi bo’lib o’tdi.
Ushbu mushoira kechasi talabalar orasidagi, adabiyotni sevuvchi va ushbu sohaga qiziquvchi talabalar uchun, o’z istedodlarini ko’rsatib berishga imkon bo’ldi desam, adashmagan bo’laman. Sababi, ularni tengdoshlari orasida nutqiy qobilyatini namoyon qilishdi.
Ushbu mushoira kechasini o’tgazishdan yana bir maqsad, ularni adabiyotga bo’lgan qiziqishini orttirish, fikrlash doirasini kengaytirish va kelajakda Vatan taraqiyoti uchun xizmat qiladigan, erkin fikrli yoshlarni kamolga yetkazishdir. Mushoira kechasida Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, Zulfiyaxonim kabi she’rlari allaqachon xalq og’ziga ko’chgan atoqli adiblarimizning she’rlari tinglandi.
Ushbu mushoira kechasida, nafaqat talabalar balki professor-o’qituvchilar ham ishtirok etishdi. Institutimiz talabalari mushoira kechasida faol qatnashishdi.

«Kitob haftaligi» davom etyapti…

Shahzoda Abdullayeva,

1-kurs mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab
chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish guruhi talabasi.