KITOB – BILIM MAKONI

Joriy yilning 5-aprel kuni Nukus shahrining «Istiqlol» dam olish maskanida, kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu yarmarka davomida, qoraqalpoq xalqining atoqli va ardoqli yozuvchilarining nutqlari tinglandi. Shuningdek, tabiat qo’ynida tashkil etilgan, kitob yarmarkasi orqali bir-birini takrorlamas va judayam qiziqarli kitoblar taqdim etildi.

Men ham ushbu kitoblarni tomosha qilar ekanman, bitta kitob judayam e’tiborimni tortdi. Bu O’zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning «Uch ildiz» asari edi. Kitobga qisqacha yozilgan sharhni o’qir ekanman, undagi har bir so’z kitobga bo’lgan qiziqishimni oshirib bordi. Sharhga ko’ra, ushbu romanning «Uch ildiz» deb nomlanishining asosiy sababi, kelajak poydevori deb nomlangan yoshlarning, kamolotga erishishi yo’lida avvolo, uchta maqsadni oldiga qo’yishi kerakligini aytadi.

Bular, birinchisi puxta bilim olish, ikkinchisi haqiqiy inson bo’lish, uchinchisi esa muhabbatga asoslangan oila qurish hisoblanar ekan. Har bir yosh avlod shu tariqa kelajakda baxt-saodatga erishishi mumkin. Ushbu kitobni yaqin kunlarda o’qishni dilimga tugib qo’ydim. O’ylaymanki, shu joyda yig’ilgan barcha tengdoshlarim ham shunday bir kitobni o’qishni niyat qilib qoyishdi.

Mazkur kitob yarmarkasiga filialning rahbar-xodimlari, professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Ushbu yarmarka barchamizga manzur bo’ldi.

Shahzoda Abdullayeva,
1-kurs mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab
chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish guruhi talabasi.