#Tanishtiruv_haftaligi

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida 2021/2022-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun «Tanishtiruv haftaligi» davom etmoqda…

Bugun talabalar filialning bo‘limlari, laboratoriya, komp’yuter, ma’naviyat xonalari, oshxona  bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Axborot-resurs markazi faoliyati, uning asosiy vazifalari, foydalanish qoidalari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, ARMda mavjud adabiyotlar, elektron darsliklar hamda filialning professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan kitob va qo’llanmalar bilan ham tanishib chiqdilar.

Filial Matbuot xizmati.