NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI NUKUS FILIALIGA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGANLAR DIQQATIGA!!!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 26-avgustdagi “Respublika oily taʼlim muassasalarida 2021/2022 oʻquv yilini boshlash toʻgʻrisida”gi 366-sonli buyrugʻiga asosan, Navoiy davlat konchilik institutida yangi 2021/2022 oʻquv yilini joriy yilning 6-sentyabridan anʼanaviy taʼlim shaklida boshlaqnishi belgilangan.

Buyruqqa koʻra, talabalikka tavsiya etilganlar shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlagunga qadar farmoyish asosida oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishlariga ruxsat beriladi.

1-kurs talabalari uchun dastlabki ikki hafta kredit-modul tizimiga kirish haftasi boʻlib, dars jadvaliga muvofiq sinov darslari qoʻyilgan.

Shuningdek, bir hafta davomida 1-kurs maktabi tadbirlari tashkil etilib:

✅dastlabki kun oʻquv mashgʻulotlari “Mustaqillik darslari” bilan boshlanadi;

✅talabalarning filial rahbariyati bilan uchrashuvlari tashkil etiladi;

✅talabalar filialning turli boʻlinmalari, axborot-resurs markazi, kafedra bilan tanishtiriladi;

✅“Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimidan foydalanish boʻyicha seminarlar tashkil etiladi;

✅talabalar oʻrtasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Talabalikka qabul qilingan barcha yoshlarimizni filial rahbariyati nomidan yana bir bor tabriklaymiz!