21-AVGUST — UMUMXALQ OBODONLASHTIRISH XAYRIYA HASHARI KUNI

Hashar xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.

Sana munosabati bilan, bugun 21-avgust kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlari filial hovlisi, ochiq maydonlar, ariq va ko‘chalarini tozalash, obodonlashtirish ishlariga bel bog‘lashdi.

Jarayon davomida hududlar begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesildi va oqlandi, filial atroflari supurilib, suvlar sepildi.

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali jamoasi kunning ikkinchi yarmida Nukus shahridagi «Turon» MFY hududidagi «Do’stlik» kanali bo’yida belgilangan o’rinlarni har xil chiqindilardan tozalab, kanal atrofining obod bo’lishiga o’zlarining hissalarini qo’shmoqdalar.

«Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiori ostida yurtimiz bo`ylab o‘tkazilayotgan ushbu xayriya hashari Vatanimizni yanada obod etish, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini ko‘tarish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va mustaqilligimizning 30 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi.

Filial Matbuot xizmati.