Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

YUSUPOV QUANISHBAY BALTABAEVICH


Qabul vaqti:

Seshanba: 15:00-17:00
Payshanba: 10:00-12:00

  • Telefon: +998 (61) 224-85-60


  • Faks: +998 (61) 224-04-43


  • Email: manaviyat@ndkinf.uz
  • 1999-2001 yy. – Nukus davlat pedagogika instituti musiqa va tasviriy san’at fakulteti musiqa va xor dirijyorligi kafedrasi assistent o’qituvchisi 

    2001-2006 yy. – Qoraqolpoq davlat universiteti musiqa va jismoniy tarbiya fakulteti assistenti va dekan muovini

    2006-2015 yy. – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqolpoq davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti etakchisi

    2015-2015 yy. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali ma’naviyat va ma’rifat bo’limi mudiri

    2015-2016 yy. – Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

    2016-2017 yy. – O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha direktor o’rinbosari

     2017-2020 yy. – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog’iston bo’limi rahbari

     2020-2021 yy. – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti o’quv 

    ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

    2021 y. – h.v. – Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktori o’rinbosari

    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog’liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, institut Kengashi qarorlarini, institut rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
    • Filial tuzilmasi bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektorga bo’ysinuvchi bo’limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
    • Filialda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishlarni tashkil etish va etuk, barkamol malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
    • Filialda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar mohiyatini tushuntirish va ularda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida uslubiy va zamonaviy axborot vositalarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
    • Filialda ta’lim-tarbiya jarayonining zamonaviy shakllarini, shu jumladan axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
    • Ma’naviy va ma’rifiy yo’nalishi bo’yicha rektorga takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
    • Fakultetlar, kafedralar va bo’limlarning ma’naviy- ma’rifiy yo’nalishdagi ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
    • Filial fakultet, kafedra va bo’limlarining ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi faoliyatlari yuzasidan Kengash yig’ilishlarida reja asosida xisobot berish;
    • Talabalar turar joyida yashovchi va xonadonlarda ijarada turuvchi talabalar ortasida doimiy ravishda ma’naviy-ma’rifiy tushintirish ishlarini tashkil qilish va nazorat qilish;
    • Talabalar ortasida xuquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyoxvandlik, diniy ekstremizm xolatlarini oldini olish yuzasidan xuquqni muxofaza qilish organlari bilan xamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va otkazish;
    • “Ma’naviyat soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra kuni” tadbirlarini reja asosida sifatli otkazilishini va professor-o’qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishi bo’yicha shaxsiy rejalari bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
    • Ma’naviy – ma’rifiy konferenciyalarni tashkil etish, institut ma’naviyat va ma’rifat kengashi foliyatiga rahbarlik qilish;
    • Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko’maklashish, talabalar orasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
    • Filial binolari, kafedralar va talabalar turar joylaridagi Ma’naviyat va ma’rifat xonalarini belgilangan tartibda jixozlanishi va ulardan unumli foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish;
    • Mexnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko’rish, ular bilan mexnat shartnomasini bekor qilish bo’yicha rektorga takliflar kiritish;
    • Fakultetlar, kafedralar va bo’limlarning ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi faoliyati bo’yicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar taqdim etish;
    • Filialda faoliyat ko’rsatayotgan jamoat tashkilotlari va murabbiylar kengashi faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy-amaliy yordam ko’rsatish;
    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturlari va yoshlar siyosatiga oid Dasturlarni ijrosini ta’minlash va belgilangan tartibda yuqori tashkilotlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
    • Filialning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo’yicha xisobotlarni taxlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
    • Filialning barcha binolari va talabalar turar joylarida professor-o’qituvchilar xamda xodimlarning navbatchilik jadvallarini tasdiqlash va nazorat qilish;
    • Filial direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki qabulini amalga oshirish xamda murojaatlarni ko’rib chiqish;
    • Filial Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.
    • Bilishi kerak:
    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog’liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini moxiyatini bilish.
    • Malaka talablari:
    • Filialda boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;
    • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
    • Filialda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo’yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki docent ilmiy unvoniga ega bo’lishi zarur;
    • Filialning tegishli boshqaruv bo’g’inlarida-kafedra mudiri, fakultet dekani yoki orinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur.