Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i


QIDIRNIYAZOV NIZAMATDIN SEYTNIYAZOVICH





  • Telefon: +998 (61) 224-85-60


  • Faks: +998 (61) 224-04-43


  • Email: nizam.qididrniyazov2929@gmail.com
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo’limi universitetda olib boriladigan ma’naviyy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo’limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko’rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo’limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.

    Umumiy qoidalar

    • Bo’lim filial direktori buyrug’i asosida tuziladi;
    • Bo’limning ishchi guruhi filialning ushbu soha bo’yicha yetakchi mutaxassislari, professor-o’qituvchilardan tarkib topadi;
    • Bo’lim ma’naviy-axloqiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari boshchiligida faoliyat olib boradi;
    • O’z faoliyatini yo’lga qo’yishda bo’lim fakul’tet dekanlari, bo’lim boshliqlari kafedra ham guruh raharlari bilan birgalikda ish olib boradi;
    • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi; joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.
    • Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo’llardan qaytarish, Mustaqil O’zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo’lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
    • Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog’liq chora-tadbirlarni o’tkazish;
    • Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirishni yo’lga qo’yish;
    • Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish;
    • Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko’maklashish;
    • Filialda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;
    • Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko’rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.
    • Fakul’tetlardagi ma’naviy-axloqiy ishlarni nazorat qilish;
    • Ma’naviy-axloqiy ishlarga bog’liq vazirlik buyruqlari ham ko’rsatmalarni fakul’tetlardagi bajarilishini tekshirish;
    • Dekanning ma’naviy-axloqiy ishlari bo’yicha o’rinbosarlarini saylash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog’liq yig’ilishlarda doimiy ravishda o’z tavsiyalari bilan qatnashadi;
    • Ma’naviy-axloqiy masalalar bo’yicha fakul’tet dekanlari va kafedra mudirlariga ko’rsatmalar, tavsiyalar beradi;
    • Professor-o’qituvchilarning yillik o’quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to’liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
    • Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari olib boradigan ishlar bo’yicha har semestr yakunida bo’lim boshlig’iga hisobot beradi;
    • Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko’rsatgan bo’lim, fakul’tet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga tavsiyalar beradi.