Xalqaro aloqalar

Xalqaro aloqalar bo’limi

VAKANT

Сhet el mamlakatlarining oliy o’quv yurtlari bilan birga ishlashish aloqalari va xalkaro aloqalar haqida

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida hozirgi kunda 6 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Jumladan, Rossiyaning “Stankin” nomidagi Moskva davlat texnika universiteti bilan memorandum, Ukrainaning Ukraina milliy fanlar akademiyasi tarkibidagi A.A.Сhuyko nomidagi kimyo instituti bilan shartnoma, Qozog’istonning K.Jubanova nomidagi mintaqaviy Akto’be davlat universiteti shartnoma, Qozog’istonning “Baishev universiteti” shartnoma, Rossiyaning Vladimir davlat universiteti bilan shartnomalar imzolangan.
Universiteti bilan “5311000- Avtomatizatsiya i upravlenie texnologicheskix protsessov i proizvodstv (po otraslyam)” va “5320200- Texnologiya mashinostroeniya, oborudovanie i avtomatizatsiya mashinostroitel’nix proizvodstv” yo’nalishlari bo’yicha ta’limning 2+2 shaklidagi qo’shma ta’lim dasturini ochish haqidagi kelishuv va shartnomalar imzolandi (20.02.2020 №12 raqamli shartnoma). Hozirda Rossiyaning Vladimir davlat universiteti bilan ta’limning 2+2 shakli bo’yicha qo’shma ta’lim dasturini 2 ta yo’nalishni ochish bo’yicha o’quv rejalari kelishilmoqda.
Filialimiz olimlari Qozog’istonning “Baishev universiteti” ilmiy- texnik kengashi a’zolari xisoblanadi.
2020-2021 o’quv yilida Qozog’istonning “Baishev universiteti” professor-o’qituvchilarini ma’ruza o’qish, hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun tashriflarini tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Filialimiz ilmiy ishlar va inovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari I.I.Kalandarov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg’armasi orqali tashkillashtirilgan tanlovda stipendiat bo’lganligi sababli 2019 yilning 11 noyabrdan 11- dekabrgacha Rossiyaning “STANKIN” nomidagi Moskva davlat texnika universiteti malaka oshirish kusida bo’lib qaytdi. Shu bilan birgalikda xodimimiz Rossiyaning “STANKIN” nomidagi Moskva davlat texnika universitetida xalqaro hamkorlik asosida 18 soatlik dars mashg’ulotlari o’tib qaytdi.