Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi bo'lim boshlig'i


TLEUMURATOV SARSENBAY JAKSIMURATOVICH





  • Telefon: +998 (61) 224-85-64


  • Faks: +998 (61) 224-04-43


  • Email: sarsenbay-2011@mail.ru
  • O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida» 2017yil 20apreldagi PQ2909son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko’tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017yil 18iyuldagi 515sonli qarori qabul qilindi.

         Ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat konchilik filialida ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi  tashkil etildi.

    Filial ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va filialdagi o’quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo’yicha maqsadli va kelishilgan choratadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

    • ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malakatalablari, o`quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
    • ta’lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o’quvuslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o`rganish;
    • talabalari bilimlarining DTS ga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;
    • ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan normativhuquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlash;
    • kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
    • ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish, natijalari bo`yicha ta`lim sifatiga salbiy ta`sir etuvchi omillarni aniqlash, ma`lumotlarni filial rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;
    • attestatsiya, ta`lim sifatini o`rganish bilan bog’liq jarayonlarda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o`rnatish;
    • ta`lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
    • ta’lim sifatini oshirish maqsadida professoro`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;
    • professoro`qituvchilari tayanch ma`lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni filial rektoriga ma`lum qilish;
    • o`quv jarayoni, ilmiytadqiqot va ilmiyuslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
    • ta`lim jarayoni moddiytexnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;
    • talabalar amaliyotining ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
    • davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan filial reytingini aniqlashga va baholashga oid ma`lumotlarni to`plashda, o`tkaziladigan attestatsiya va ta`lim sifatini o`rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;
    • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash va boshqa bir qancha vazifalar yuklatilgan;
    • filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professoro’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
    • filial reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan choratadbirlarni oily ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish.

    F.I.O

    Lavozimi

    Telefon raqami

    Elektron pochtasi

    1

    Allanazarov Bayrambay Rustemovich

    bosh mutaxassis

    +998999558734

    allanazarov.br@mail.ru

    2020-2021 o’quv yili filialda o’quv rejalar va ishchi fan dasturlari filial kengashida (2020 yil 26-avgustdagi 1-son bayonnoma) tasdiqlandi. 1 va 2 kurs o’quv rejalarida belgilangan 30 nomdagi fanlar o’zbek va qoraqalpoq tilida o’quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlangan.

    Navoiy davlat konchilik institutining 2020 yil 25-avgusttagi “Nukus filialida kafedra tashkil etish” haqidagi 1/332-son buyrug’i va filialning 26-avgust 6-D/2 –son buyrug’iga asosan “Tabiy va umumkasbiy fanlar” kafedrasi tashkil etilgan.

    Kafedra ish rejasi   filial kengashida 2020 yil 26-avgust  1-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 2020-2021 o’quv yilida kafedra yuklamasi 12591 soatni tashkil etib, 2020-2021 o’quv yili uchun tasdiqlangan shtat jadvali bo’yicha professor-o’qituvchilar 11,5 tada faoliyat yuritmoqda. Hozirgi vaqtda asosiy shtatda 8 nafar, ichki o’rindoshlar 8 nafar, tashqi o’rindoshlar 2 nafar, soatbay asosida 5 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. Shulardan fan nomzodi, dotsentlar 6 ta, ilmiy salohiyat 33.3%, o’rtacha yosh 41 yosh. Professor-o’qituvchilarning 2020-2021 o’quv yili uchun shaxsiy ish rejalari filial kengashida 2020 yil 29-sentyabrdagi  2-son bayonnoma bilan tasdiqlangan, o’quv yuklamalariga mosligi o’rganildi. 2021-2022 o’quv yilida ta’lim yo’nalishlarga qabul rejasi bo’yicha yana 12 nafar professor-o’qituvchilarga extiyoj mavjud. Filial kafedrasiga professor-o’qituvchilarni  qabul qilish “Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish  tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qaroriga asos amalga oshiriladi.

    O’quv adabiyotlarining yangi avlodini (qoraqalpoq tilida) yaratish rejasi bo’yicha xozirgacha F.Xudoyberdievning -Osnovi ximicheskoy texnologii nomli o’quv qullanmasi OO’MTV 04.05.2020 y. № 285 son buyrug’i, G.Dauletnazarovaning “Ózbekstan tariyxı” o’quv qullanmasi  OO’MTV 14.08.2020 y. № 418 son buyrug’i, I.Kalandarovning “Avtomatlashtirish sistemalarining ishonchliligi” OO’MTV 28.12.2020 y. №676 son buyrug’i bilan nashrga ruxsat berilgan. D.Jumamuratovning ”Geodeziya hám marksheyderlik isi” va B.Shaniyazovning ”Geologiyadan inglizshe so’zlik” nomli o’quv qullanmalari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlash-tirish kengashiga belgilangan tartibda nashrga ruxsat olish uchun berilgan. Filial kengashi qarori bilan F.Xudoyberdievning “Qánigelikke kirisiw” nomli o’quv qo’llanmasi, B.Allanazarovning “Sızıw geometriya páninen ámeliy tapsırmalrdı orınlaw” nomli o’quv-uslubiy qo’llanmasi U.Ernazarovning «Fizikadan laboratoriya jumısların orınlawǵa ko’rsetpeler» nomli o’quv-uslubiy qo’llanma, S.Tleumuratovning «Anıq integral» nomli o’quv-uslubiy qo’llanmalari nashrda chop etildi va foydalanish uchun axborot-resurs markaziga topshirilgan. Shuningdek,  professor-o’qituvchilari tomonidan joriy o’quv yilida “Kánshilik isleri tiykarlari (Kon ishi asoslari)”, “Qáwipsizlik qaǵıydaları (Xavfsizlik qoydalari)”, “Organikalıq ximiya (Organik kimyo)” o’quv adabiyotlari qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan. Shuningdek, “English for mining institutes” o’quv-uslubiy ko’rsatma tayyorlangan.

    Filialda talabalar bilmini nazorat qilish va baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash to’g’rsidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2018-son bo’yrug’i asosida amalga oshiriladi.