Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Monitoring va ishki nazorat bo’limi uslubchisi


DAWLETNAZAROVA GULSANEM ORAZBAEVNA




  • Telefon: +998 (61) 224-85-66


  • Faks: +998 (61) 224-04-43


  • Email: dauletnazarova@mail.ru
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 18-fevral’dagi Vazirlik apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha yuriqnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi № 58-sonli bo‘yrug‘iga asosan Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida nazorat kartochkalarining yuritilishi amalga oshirilmoqda.

    Prezident qarorlari, farmonlari, farmoyishlarining ijrosi bo‘yicha 1b nazorat kartochkasi yuritiladi, Vazirlar mahkamasining farmonlari, qarorlarining ijrosi bo‘yicha 2b nazorat kartochkalari, direktor tomonidan chiqarilgan ichki bo‘yruqlar 3b nazorat kartochkalari bilan yuritiladi.

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xat va bo‘yruqlariga 4b nazorat kartochkasi yuritilmoqda.

    Filialning devonxona bo‘limiga kelib tushgan xatlarni, ya’niy,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xatlari va buo‘ruqlari, Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlar va shuning bilan birga mahalliy tashkilotlardan kelgan xatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olinganligi, ularni direktor xuzuriga kiritilishini, direktor rezolyusiyasi asosida tegishli ma’sul xodimlarga yetkazilishini nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi.

    Filialda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, Filial da bo‘lim faoliyati haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qilish va tartibga solishni amalga oshirish ishlarini bajarish, Hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha hujjatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish va ijrochilarga yetkazib borish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari yuzasidan hisobotlarni Vazirlikka belgilangan muddatlarda va sifatli taqdim etib borish ishlarini amalga oshirish, Ijro intizomini ta’minlanishiga qaratilgan tegishli rejalar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish ishlarida qatnashish, Hujjatlar ijrosi bo‘yicha doimiy monitoring ishlarini olib borish, Fakul’tet va kafedralar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tegishli ishchi guruhlar tarkibida ishtirok etish, Bo‘lim boshlig‘i tomonidan topshirilgan barcha ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.