O’quv faoliyat

O'quv-uslubiy bo'lim

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali O'quv-uslubiy bo'limi inspektori

Karamov Alisher Nazarbaevich

  • Telefon: +998941447783
  • Faks: +99861 224-04-43
  • E-mail: alisherkaramov27@gmail.com

       O’quv – uslubiy bo’lim – o’quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’ǵrisida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan xalqning boy intelektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning mukammal tizimini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni maqsad qilib qo’ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. Shu bilan birga o’qitishning barcha bosqichlarida o’quv dasturlarini izchilligi va o’zaro muvofiqligini ta’minlash. O’quv dasturlarida umumiy va qo’shimcha ta’limning integraciyalashuvini, shuningdek, o’qitish mazmun – mohiyatini real hayot extiyojlariga maksimal darajada yaqinlashtirishni ko’zda tutadi. O’quv – uslubiy bo’lim filial ta’lim jarayonini ilǵor ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o’quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar oquv ishlarida erishgan ilǵor yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega. O’quv – uslubiy bo’lim talabalarni zamon talablari darajasida etuk, malakali mutaxasis bo’lib etishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o’quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

  • Filial ta’lim jarayonini ilǵor ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o’quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Filialda o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Filial fakultetlari va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O’quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Filial ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va filial Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
  • Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv ishlarda erishgan ilǵor yutuqlarini umumlashtirish va filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini NIZOM talablariga mosligini ta’minlash;
  • Professor-o’qituvchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish rejasini shakllantirish va bajarilishini ta’minlash;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;
  • Filial professor-o’qituvchilari va talabalarining o’quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
  • Filialdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O’rindosh va soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Filial fakultet va kafedralarini o’quv masalalari bo’yicha faoliyatini o’rganish;
  • Professor – o’qituvchilar tanlovini tashkil etish;
  • O’quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
  • Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanlash;