Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali O'quv-uslubiy bo'limi inspektori


KARAMOV ALISHER NAZARBAEVICH





  • Telefon: +998 (61) 224-85-61


  • Faks: +998 (61) 224-04-43


  • Email: alisherkaramov27@gmail.com
  • Mamlakatimizda mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridanoq, Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu e’tibor natijasida bugungi kunga qadar talaba-yoshlarimizning jahon standartlariga to’la javob beradigan bilim olishi, kas-hunar egallashi, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalanishi; professor-o’qituvchilarimizning sifatli bilim berishi, o’z malakasini uzluksiz oshirib borishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu  «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning sifatini oshirishning yorqin namunasi bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, Prezidentimizning ta’lim sohasining rivojlanishi uchun katta ahamiyat qaratib kelayotgani «Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish»ni 1533-sonli, «Сhet tillarini o’rganish tizimini yanada rivojlantirish haqida»gi 1875-sonli qarorlari, «Yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedogogik kadrlarni tayyorlash va ularni attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish haqida»gi 4456-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining «Respublika oliy o’quv yurtlari reytingini aniqlash tizimini takomillashtirish haqida»gi 371-sonli qarori ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi har bir mutaxassis uchun yanada ulkan mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Mamlakatimiz ta’lim tizimida o’z  o’z o’rniga ega bo’lgan Navoiy davlay konchilik instituti Nukus filiali jamoasi ham bu masu’liyatli vazifalarni terang anglab yetadi.

    Hozirgi kunda filialimizda 1 ta kafedra mavjud bo’lib, 4 bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalarga 24 nafar professor-o’qituvchilar ta’lim berib kelmoqda. O’qituvchilarimiz tarkibida 1 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodi va dotsent, 2 ta katta o’qituvchi, 15 ta assistent o’qituvchi fidoiylarcha mehnat qilib kelmoqda.

    Filialning 2 ta katta auditroiyalariga videoproektorlar o’rnatilgan bo’lib, professor-o’qituvchilarimiz ma’ruza dasrlarini zamonaviy pedogogik texnologiyalar yordamida o’qitish sharoitlari yaratilgan. Shuningdek, 6 ta o’quv xonasiga videokuzatuv kameralari o’rnatilgan.

    Hozirgi kunda institutning o’quv-uslubiy bo’limida 1 inspektor, 1 ish-yurituvchi faoliyat yuritib kelmoqda.

    O’quv-uslubiy bo’limi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari boshchiligida kafedralar bilan birgalikda quyidagi ishlarni olib boradi:

    • O’quv jarayoniga tegishli yuqori tashkilotlarning qaror va ko’rsatmalari, vazirlik qarorlari, buyruq, ko’rsatmalarining bajarilishini ta’minlash;
    • Davlat ta’lim standarti talablariga mos universitet ishchi o’quv dasturlari, ishlab chiqarish talablari hisobga olinib, ishlab chiqilgan bakalavr ta’lim yo’nalishi ixtisosliklari uchun o’quv rejalarining tasdiqlanishini tayyorlash;
    • Bakalavr ta’lim yo’nalishi ixtisosliklari uchun ularning o’quv rejalariga mos fanlarga ishchi o’quv dasturlarini ishlab chiqib, tasdiqlashga tayyorlash;
    • Umumiy institut o’quv yuklamasi va talabalar kontingentini hisobga olgan holda kafedralar shtat birligini aniqlash, hamda normativ hujjatlarga mos professor-o’qituvchilar tarkibini ishga olishni tavsiya qilish;
    • Davlat attestatsiya komissiyalari boshliqlarini vazirlik tomonidan tasdiqlash uchun nomzodlar tavsiya qilish;
    • Davlat attestatsiya komissiyalari tarkibini tuzishga tavsiya qilish hamda ular faoliyatini nazorat qilib borish;
    • Davlat standartiga mos o’quv rejalaridagi bloklar bo’yicha talabalarga darsliklar, o’quv qo’llanmalar va hakozo adabiyotlar bilan ta’minlashni o’rganib chiqish;
    • O’quv rejasidagi fanlardan to’liq o’quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlanishini, ularning yangilanib borishiga;
    • Talabalar bilimini nazorat qilish reyting tizimi bo’yicha yuritilishini, ular yozma ish turini shakllantirishning hamda nizomga mos yuritilishini nazorat va monitoring qilib borish;
    • Professor-o’qituvchilarning mutaxassisligi va ilmiy darajasini oshirib borishning yillik va kalendar ish rejalarini ishlab chiqish;
    • Ilimiy kengashga yangi kafedralar, fakul’tetler, ixtisosliklar ochish bo’yicha materiallar tayyorlash;
    • Kafedralarning yangi o’quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish va bundan boshqa tegishli ishlarni olib boradi.

    Alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimiz tomonidan amalga oshirlayotgan keng ko’lamli islohotlar yoshlarning teran bilim olishi, kasb-hunar sirlarini yanada teranroq o’rganishi uchun yetarli sharoitlar bilan ta’minlashga  qaratilgan. Shunday ekan, yoshlar o’zlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, ularning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda Vatanimiz ravnaqi uchun yanada ko’proq hissa qo’shishimiz lozim.

    F.I.O

    Lavozimi

    Telefon raqami

    1

    Djmanyazova Darman Muminovna

    Hisobchi 1-darajali

    +998905909343

    2

    Qudyarova Venera Qazaqbaevna

    Tólov  kontrakt asosida óqıtish  bóyisha ekonomisti 2 -toifa

    +998905945281