Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogog kadrlarni tayyorlash bo'limi muhandisi


OTEPOV POLAT TILEPBERGENOVICH





  • Telefon: +998 (61) 224-85-63


  • Faks: +998 (61) 224-04-43


  • Email: polat_120793@mail.com
  • Bugungi kunda filialda professor-o’qituvchilar uchun 11,5 nafar shtat birligi ajratilgan. Hozirda 16 nafar professor-o’qituvchilar asosiy va o’rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat 33,3 % ni tashkil etadi. 2020 yil va 2021 yil may holatiga ko’ra jami 73 ta shundan 30 ta maqola (xalqaro 17), 37 tezis (xalqaro 11), 2 ta monografiya va 4 ta EHM uchun guvoxnoma chop etilgan. 2020-2021 o’quv yilidan filial asosiy shtatida pofessor-o’qituvchilar qabuli yakunlanishini e’tiborga olib 2020-2023 yillarga mo’ljallangan ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi, tadqiqotchilarning kalendar rejalari, tarmoq grafiklari ishlab chiqilgan va filial ilimiy kengashi tomonidan tasdiqlangan.

    Hozirgi kunda filialimiz 4 ta davlatning 8 OTM muassasalari va respublikamizning 8 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan.

    Bugungi kunda filialimiz professor-o’qituvchilari va talabalari tomonidan bir qator xo’jalik shartnomalari, tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalar, xorijiy va mahalliy grant loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. Jumladan “Karakalpak sement” MСhJ bilan “Tsement klinkeriga qo’shimcha sifatida yuqori o’choqli granulalangan xomashyo uchun tavsiyalar ishlab chiqish” nomli 2020-2022 yillarga mo’ljallangan xo’jalik shatnomasi tuzuldi. Xo’jalik shartnomasiga filial professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalar jalb etilgan. МЧЖ AGROEXPORT RK GROUP va NavDKI Nukus filiali o’rtasida 2021 yil 31 dekabrga qadar xo’jalik shartnomasi imzolangan. “Malenu” MCH va NavDKI Nukus filiali o’rtasida 20.09.2021 kuniga qadar 5 mln so’mlik xo’jalik shartnoma imzolangan.Bundan tashqari O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligiga umumiy qiymati 7.5 mlrd so’mlik 3 taloyiha taqdim qilingan va 1.5 mlrd so’mlik bitta loyiha ilmiy ekspertizaga yuborilgan.            Filialdagi eng muhim ustuvor ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari konchilik, kimyoviy texnologiyalar, avtomatlashtirish va boshqaruv, mashinasozlik texnologiyasi, elektr-energetika, kon elktro-mexanikasi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanmoqda.

      • Ilmiy  tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik  kadrlar  tayyorlash  bo’limi  muxandisi bo’lim boshlig’iga bo’ysunadi.
      • Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi muxdandisining asosiy vazifasi qonun doirasida bo’lim boshlig’I tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajaradi.
      • Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi muxandisi filisl direktori tomonidan ishga tayinlanadi va ishdan ozod etiladi.
      • Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi muxandisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi №365 sonli karori va bo’lim nizomi asosida ishlaydi.