Ilmiy faoliyat

Ilmiy tadqiqotlar, inovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo`limi

Ilmiy tadqiqotlar, inovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo`limi muhandisi

Otepov Polat Tilepbergenovich

Telefon: +99890 735-31-08

Faks: (61) 224-04-43

E-mail: polat_120793@mail.ru


Filialda, ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida

Bugungi kunda filialda professor-o’qituvchilar uchun 5 nafar shtat birligi ajratilgan. Hozirda 17 nafar professor-o’qituvchilar asosiy va o’rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda. Shu jumladan 2 nafari 0.75 stavka asosiy shtatda, 4 nafari ichki o’rindoshlar 11 nafari tashqi o’rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqdalar. Ilmiy salohiyat 66.6 % ni tashkil etadi. O’rindoshlik asosida ishlaydigan o’qituvchilar QDU va NukusDPI malakali o’qituvchilari hisoblanadi.
Filialida jami ilmiy ishlar soni 161 ta, shundan 14 ta xorijiy maqola, 28 tasi respublika maqola, 19 xorijiy tezis, 89 respublika tezis, 6 ta EHM uchun guvohnoma, 2 ta monografiya chop etilagan.
2019-2020 o’quv yilida ilmiy ishlar soni 36 ta, shundan 1 ta monografiya, 11 ta maqola (shundan 6 tasi xorijiy), 20 ta tezis (shundan 13 ta xalqaro tezis), 2 ta EHM uchun DGU, Scopus bazasidagi indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari nashrlarida 2 ta maqola chop etildi.
Filialda 2020 yil uchun ilmiy publikatsion faollikni oshirish bo’yicha chora-tadbir rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko’ra 2020 yil yakunida har bir professor-o’qituvchiga 1 ta xorijiy maqola, 1 ta Respublika jurnallaridagi maqola, 3 ta tezis to’g’ri kelishi kerak. Bundash tashqari filialda xammualiflikda 2 ta monografiya 2 ta EHM uchun guvohnoma chiqarish rejalashtirilgan. 2020-2021 o’quv yilidan filial asosiy shtatida pofessor-o’qituvchilar qabul qilinishini e’tiborga olib 2020-2023 yillarga mo’ljallangan ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini qayta ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Filialda professor-o’qituvchilar orasida innovatsiya ishlarining olib borilishi, darslarga joriy etish haqida.

Iqtisodiyot sohalarining ilmiy-texnik muammolariga yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida hudud korxonalari muammolari shakllantirilmoqda. Jumladan “Karakalpak sement” MСhJ bilan “Razrabotka rekomendatsii po domennim granulirovannim shlakam v vide dobavki tsementnomu klinkeru” nomli 2020-2022 yillarga mo’ljallangan xo’jalik shatnomasi tuzuldi. Xo’jalik shartnomasiga filial professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalar jalb etilgan.
Filialda “Ishlab chiqarish muammolari” to’garagi tashkil etilgan bo’lib talabalar o’zlariga biriktirilgan rahbarlar (t.f.f.d. F.I.Xudoyberdiev, t.f.f.d. I.I.Kalandarov, t.f.n. D.K.Jumamuratov, t.f.n. R.Kurbanbaev) bilan ilmiy izlanishlar olib borishmoqda
Filialdagi eng muhim ustuvor ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari konchilik, kimyoviy texnologiyalar, avtomatlashtirish va boshqaruv, mashinasozlik texnologiyasi, elektr-energetika, kon elktro-mexanikasi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanmoqda. Filialda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash maqsadida Fanlar akademiyasining Qoraqalpog’iston bo’limida fizika hamda kimyo fanlaridan tajriba mashg’ulotlarini o’tish tashkillashtirilgan. Taxiatosh metal konstruktsiya ishlab chiqarish zavodida NavDKI NF ning filialini ochish uchun muzokaralar olib borilmoqda.
Filialimiz olimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Sho’rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) birgalikda “Orol dengizi mintaqasining sho’rlangan yerlarida Innovatsion startap loyihalar tanlovi” ga “Orol dengizining qurigan tubida tuproq sho’rlanishi va iqlim o’zgarishiga qarshi innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi startap loyiha taqdim etildi.
Ushbu loyihalar doiraisdagi izlanishlar dars jarayonlarida qo’llanilmoqda.