Filial ustavi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY KOM-METALLURGIYA KOMBINATI DAVLAT KORXONASI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI NUKUS FILIALI

I.Umumiy  qoidalar

1. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2018 yil 18-noyabrdagi №925-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2018 yil 18-noyabrdagi №925-sonli qaroriga asosan Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiNukus filiali Qoraqolpoqston Respublikasi sanoat saloxiyatini oshirish,iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida yoqori malakali kadrlar tayyorlash belgilangan.

2. Institutning rasmiy nomlanishi:

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali(NDKI NF)
Навоийский государственный горный институт (НГГИ Нукусский филиал)

3.  Institutning yuridik manzili: Nukus shahri,  Qoraqolpoqston kuchasi, №24 -uy

4 Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiNukus filiali yuridik shaxs hisoblanadi va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 13 apreldagi № 173–sonli, hamda 2004 yil 19 maydagi № 237–sonli «Ta’lim to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga asosan va O’zbekiston Respublikasining qonuniy va me’yoriy –huquqiy  hujjatlariga,  shuningdek ushbu Ustavga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshiradi.

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiNukus filiali amaliy boshqaruvda xolis mulkka, hisob kitobga va boshqa hisoblarga, shu jumladan bank muassasalarida valyuta hisobiga, O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan va o’z nomi kiritilgan muhrga, shtampga va boshqa rekvizitlarga egadir.


II. Muassasaning faoliyat maqsadi

5. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiNukus filiali barpo etishdan maqsad respublikaning kon-metallurgiya sohasi uchun mutaxassislar, shuningdek kon qazish va metallurgiya yo’nalishli kasb kollejlari uchun muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

6. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining faoliyat maqsadi quyidagilardan iborat:

•Oliy va oliydan so’nggi ta’lim olish vositasida shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy axloqiy rivojlanish talabini qondirish;
•Barkamol rivojlangan va sadoqatli shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, xalq, jamiyat, oila oldida o’z ma’suliyatini anglab etuvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qadrlovchi, xalq an’analarini yuksaltiruvchi va ko’paytiruvchi, o’z ona yurtining kelajagi uchun haqqoniy va vijdonan mehnat qiluvchi o’z yurtining vatanparvarini shakllantirish;
•Ilmiy pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning ijodiy faoliyati va tadqiqotlar vositasida fanni rivojlantirish, olingan natijalarni ta’lim jarayonida qo’llash; iqtisod sohalariga mos keluvchi oliy ma’lumotli xodimlar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish;
•Jamiyatning ma’naviy, madaniy va ilmiy boyliklarini asrash va ko’paytirish. Aholi o’rtasida ilmni keng yoyish, aholining ilmiy va madaniy darajasini yuksaltirish.


III. O’quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlar sub’ektlari, ularning huquqlari va vazifalari

a) Talabalar

7.  Filial direktori buyrug`i bilan o’qish uchun ro’yxatdan o’tgan shaxs Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Nukus filiali talabasi hisoblanadi va unga talabalik guvohnomasi xamda reyting daftarchasi beriladi.

8. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiga qabul qilish o’rta (to’liq) umumiy, kasbiy-texnikaviy, o’rta-maxsus (texnikumlar, kollejlar, bilim yurtlari va boshqa) va kasbiy (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) ta’limga ega shaxslarning arizasi bo’yicha «O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlariga talabalarni qabul qilish qoidalari va tartibi haqidagi Nizomga muvofiq davlat test sinovlari natijalari bo’yicha o’tkaziladi.

9.  Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali talabalari quyidagi huquqlarga ega:
•Fan texnika, madaniyat rivojlanishining hozirgi zamon darajasiga mos ilm olish, muhim masalalarni muhokama qilish va yechishda ishtirok etish;
•Filial faoliyatida, shu jumladan jamoat tashkilotlari va institutning boshqaruv organlari orqali ishtirok etish;
•Kutubxonadan, axborot zahirasidan, o’quv, ilmiy, davolovchi xizmatlardan, institut bo’limlari xizmatidan bepul foydalanish;
•Barcha turdagi ilmiy-tadqiqot ishlarda, anjumanlarda, simpoziumlarda ishtirok etish, o’z ishlarini nashrga taqdim etish, shu jumladan institut nashriga taqdim etish;
•Tanlangan yo’nalish bo’yicha o’quv predmetidan tashqari Navoiy  davlat konchilik institute Nukus filialida shartnoma asosida o’qitiladigan boshqa har qanday predmetni o’zlashtirish;
•Belgilangan qonunchilik tartibida institut ma’muriyatining buyruq va farmoyishidan shikoyat qilish;
•Belgilangan qonunchilik tartibida harbiy mutaxassislik bo’yicha ta’lim olish;
•O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qarshi bo’lmagan filial tomonidan qabul qilingan boshqa huquqlardan foydalanish.

10. Davlat granti asosida o’qiydigan talabalar O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda va hajmda stipendiya bilan ta’minlanadilar. Talabalar muvofiqlashgan qoidalar asosida nomlangan, shuningdek ularni o’qishga yo’naltirgan yuridik va jismoniy shaxs tomonidan belgilangan stipendiyalarni olishi mumkin, tibbiy ko’rsatkichlar va boshqa mustasno holatlarda ta’lim muassasasi talabasiga «Oliy ta’lim to’g`risidagi Nizom”ga muvofiq akademik ta’til (otpusk) beriladi.

1 kurs talabalariga mustasno hollarda jiddiy sabab ko’rsatilgan hollarda, shaxsiy tartibda akademik ta’til beriladi.

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida O’zbekiston Respublikasi umumiy harbiy majburiyat qonunchiligiga muvofiq kunduzgi bo’limda o’qiydigan talabalarga harbiy xizmatga chaqiruv muddatini kechiktirish beriladi.

Yashash joyiga ehtiyojmand bo’lgan talabalar sanitar holatlar va qoidalarga javob beradigan yotoqxona joyi bilan ta’minlanadilar. Yotoqhonada yashash, kommunal va turmush sharoiti xizmati uchun talabalarning pul to’lovi hajmi qonunchilikka binoan belgilanadi. Yashash joyiga ehtiyoji bo’lgan talabalarga berilgan yashash joylaridan boshqa holatlarda foydalanish ( ijaraga berish va boshqa kelishuvlar) taqiqlanadi.

Kunduzgi bo’limda o’qiydigan talabalarga o’quv soatlaridan bo’sh vaqtlarda institutning o’zida yoki boshqa har qanday ishda mehnat shartnomasi bo’yicha ishlashga ruxsat beriladi.

11. O’z hohishiga yoki sabab bilan Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialidan o’qishdan chetlatilggan talaba, o’sha o’qish asosi (pulli yoki pulsiz) saqlangan holda, chetlatishdan so’ng 5 yil davomida o’qishga tiklanish huquqiga ega.

Sababsiz holda o’qishdan chetlatilgan talaba ta’lim olishning to’lov shartnomasi asosida o’qishga tiklanadi. Talabalarni o’qishga tiklash «Oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlarida talabalarni o’qishdan chetlashtirish, tiklash va ko’chirish to’g`risidagi Nizomga” asosan belgilanadi.

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali talabalari boshqa oliy o’quv yurtlariga ko’chirish (tiklash) huquqiga ega.

Akkreditatsiyalanmagan oliy o’quv yurtidan Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiga talablarni o’qish uchun ko’chirish (tiklash) taqiqlanadi.

Bir akkreditatsiyalanmagan oliy o’quv yurtidan ikkinchi akkreditatsiyalanmagan oliy o’quv yurtiga ko’chirishni (tiklash) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi belgilaydi.

12. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali talabalari bilim olishga, oliy ta’lim o’quv dasturlari va o’quv dasturlari va o’quv rejalarida ko’zda tutilgan barcha vazifalarni belgilangan muddatda bajarishga, Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali ustaviga, ichki tartib  qoidalariga amal qilishga majburdirlar.

O’qitish bilan bog`liq bo’lmagan, o’quv mashg`ulotlari vaqti hisobiga talabalarni ishlatish taqiqlanadi, O’zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarida ko’zda tutilgan holatlar bundan mustasno.

13. Ushbu Ustavda va oliy ta’lim muassasi ichki tartibida ko’zda tutilgan majburiyatlar buzilganda talabalarga quyidagi intizomiy choralar ko’riladi: hayfsan, institutdan xaydash.

Intizomiy chora talabaning aybi aniqlangandan 1 oy muddat ichida, uning kasalligi yoki ta’tilda bo’lganligini hisoblanmasdan, qo’llaniladi. Chorani olti oydan so’ng qo’llash mumkin emas. Talabalar kasal bo’lganda akademik ta’til yoki homiladorlik va tug`ish ta’tillari vaqtida ularni o’qishdan chetlashtirishga yo’l qo’yilmaydi.

16. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida fan nomzodi, ilmiy darajasi uchun talabgor bo’lgan dissertatsiya tayyorlovchi shaxslar  aspirantlar deyiladi.

Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlik uchun dissertatsiya tayyorlovchi, fan nomzodi ilmiy darajaga ega bo’lgan shaxslar doktorantlar deyiladi.

Talabgor (toliblar) bo’lib, kafedraga biriktirilgan va nomzodlikka yoki fan doktorligi uchun dissertatsiya tayyorlovchi shaxslar sanaladi.

Oliy o’quv yurtini tugatgan iqtidorli, ilmiy-tadqiqot ishlariga berilgan institutning yuqori malakali olimi tomonidan ilmiy faoliyatga tayyorlanayotgan shaxslar stajyor-tadqiqotchi deyiladi.

17. Professor-o’qituvchilar tarkibidagi lavozimlarga o’rindoshlik mehnat shartnomasi bo’yicha tanlov asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Oliy o’quv yurtlariga pedagogik kadrlarni ishga qabul qilish tartibi to’g`risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

18. Navoiy davlat konchilik institutining professor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
•Belgilangan tartibda institutning ilmiy kengashiga saylash va saylanish;
•Institut faoliyatiga daxldor masalalarni muhokama qilish va echishda ishtirok etish;
•Jamoa shartnomasiga binoan institutning kutubxona xizmatidan, axborot fondidan, o’quv va ilmiy bo’limlaridan, shuningdek  ijtimoiy, davolash va boshqa tizimlardan bepul foydalanish;
•O’qitishning usul va vositalarini tanlash, o’quv va ilmiy jarayonlarning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar o’tkazish;
•Belgilangan qonunchilik tartibida Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali direktorining buyruq va farmoyishlaridan shikoyat qilish;
•O’z kasbiy faoliyatida tashkiliy va moddiy-texnik ta’minlanish;
•O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali da belgilangan boshqa huquqlarga ega bo’lish;

18.Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining professor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari bajarishga majburdirlar;
•Oliy va oliy ta’limdan so’nggi ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quv kurslarining mazmunini aniqlash;
•Pedagogik va o’quv jarayonlarining yuqori samaradorligini ta’minlash;
•Ushbu Ustavga amal qilish;
•Talabalar bilan doim, shu jumladan o’qishdan tashqari vaqtda ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda bevosita ishtirok etish;
•Ta’lim oluvchilarda o’zlari tanlagan kasbiy yo’nalish (mutaxassislik) tayyorgarligida kasbiy sifatlarni, fuqarolik o’rnini, zamonaviy madaniyat va demokratiya sharoitida mehnatga hamda hayotga salohiyatni shakllantirish;
•Ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlashni, tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish;
•O’z malakasini o’stirish ustida muntazam ishlash:

 Qonunchilikda ko’zda tutilgandan tashqari o’zlarining kasbiy majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish o’qituvchilarga taqiqlanadi.
22. O’qituvchilarning ish o’rinlari qisqarishi hisobiga ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo’shatishga faqatgina o’quv yili oxirida ruxsat beriladi.

19. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali professor o’qituvchilar tarkibi malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratishni 3 yilda bir martda kafillikka oladi.


IV. O’quv-tarbiyaviy va ilmiy – uslubiy ishlar

20. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali oliy va oliydan so’nggi ta’limning asosiy o’quv dasturlarini, qo’shimcha kasbiy ta’lim dasturlarini (qayta tayyorlash va kadrlar mal
akasini oshirish) quyidagi yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha amalga oshiradi:

1) Oliy ta’lim  (bakalavriat) kunduzgi ta’lim shakli.

5110200 Elektr energetikasi (tarvoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)
5311000Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (sohalar bo’yicha)
5311600 Konchilik ishi
5312200 Konchilik elektr mexanikasi
5320200Mashinasozlik texnologiyasi va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.
5320400Ximiya texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)

 Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida yuqorida keltirilgan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislarni (bakalavrlarni) tayyorlash belgilangan  ekstern tartibida amalga oshirilishi mumkin.

21. Navoiy davlat konchilik intituti Nukus filialida ta’lim jarayonini tashkil qilish o’quv rejalari (ta’lim dasturlari fanlar bo’yicha o’quv kurslariga va ta’lim olish yillariga ajratilgan holda), yillik taqvimiy o’quv jadvaliga va mashg`ulotlar jadvaliga bo’linib hamda institut tomonidan mustaqil tasdiqlanib olib boriladi.

Filial o’quv jarayonini maqsadga yo’naltirish yo’li bilan, to’gri shakl tanlash bilan, usul va vositalarni tanlab talabalarning oliy ta’lim asosiy o`quv kasbiy dasturlarini o’zlashtirishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga mas’uldir.

O’quv va tarbiya jarayoni birligi davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi.

22. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida quyidagi turda asosiy o’quv mashg`ulotlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg`ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyixalari (kurs ishlari), malakaviy bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi.

Barcha auditoriya mashg`ulotlari uchun 80 daqiqali akademik soat va 10 daqiqadan oshmagan o’quv mashg`ulotlari o’rtasida tanaffus belgilangan. Ta’lim va tarbiya tili o’zbek va qaroqalpoq tili sanaladi.

23. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida mutaxassislarni tayyorlash Nizomga muvofiq kunduzgi shaklda olib boriladi.

Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim doirasida ta’limning barcha shakllari uchun yagona davlat ta’lim standartiga amal qilinadi.

24. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida o’quv yili 2 ta semestrga bo’linadi, Har birining yakunida talabalar o’zlashtirishi reyting nazorati shaklida yakunlanadi (yakuniy attestatsiya). Kunduzgi bo’limda o’qiyotgan talabalar uchun o’quv yilida 2 marta, umumiy davomiyligi 4 haftadan oshmagan holda ta’til beriladi.
Talabalar bilimi reyting tizimidagi yiqilgan ballar soni va o’zlashtirishning yakuniy attestatsiyasi natijalariga ko’ra aniklanadi va «a’lo”, «yaxshi”, «qoniqarli”, «qoniqarsiz” deb baholanadi. O’zlashtirgan talabalarni kursdan kursga ko’chirish fakultet dekanlari tavsiyasi bilan rektor buyrug`i asosida amalga oshiriladi. Shartli ko’chirishga yo’l qo’yilmaydi.

Oliy ta’limning ta’lim dasturini o’zlashtirish bitiruvchilarning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq majburiy yakuniy attestatsiya bilan yakunlanadi.

25. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni o’zlashtirish hisobiga mutaxassislar sifatini yuksaltirishga, individual o’qitish vositalariga va o’z ustida ishlashga, tayyorlashning va masofali o’qitishning modul tizimlarini tadbiq qilishga yo’naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar olib boriladi.

26. Navoiy davlat konchilik institutida bajariladigan ishlar sifati va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlanib, ilmiy kengash tematik rejalari asosida talabalar, aspirantlar, doktorantlarni keng jalb qilgan xolda ilmiy tadqiqotlar va ijodiy ishlar o’tkaziladi.

Ilmiy tadqiqotlar quyidagi mablag`lar  hisobiga moliyalashtiriladi;

– fan va texnikaning muhim yo`nalishlari buyicha asosiy va qiduruv tadqiqotlarini bajarilishidagi davlat byudjeti hisobiga.
– Soxaviy vazirlik, devonxona, korxona, uyushma va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xo`jalik shartnomasi asosidagi asosiy tashkilotlar hisobiga.


V.Navoiy davlat konchilik instituti
 Nukus filialining tuzilmasi

27. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali tarkibiga quyidagi fakultet va kafedralar kiradi:

Konchilik fakulteti
1. «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedrasi
2. «Tabiiy umumkasbiy fanlar» kafedrasi

Filial tuzilmasi filialning istiqbolli rivojlanishini hisobga olgan holda direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Filial ilmiy kengashi filial tuzilmasini o`zgartirish bo`yicha o`z qarori bilan taklif kiritishi mumkin. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali tuzilmasida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining hajmi va ko`rinishiga bog`lik holda, ilmiy laboratoriyalar tuzilishi mumkin.

Navoiy davlat konchilik institute Nukus filialining tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

1. Direktor

2. Ilmiy  kengash

3. Vasiylik Kengashi

4. O`quv  va tarviyaviy ishlari buyicha direktor orinbosari

4.1 O`quv- uslubiy kengash

4.2 O`quv- uslubiy bo`lim

4.3 Axborot – resurs markazi

4.5 O`quv-laboratoriya majmuasi

5. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar byuicha direktor orinbosari

5.1 Ilmiy –tadqiyqotlar,innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlar tayorlash bo`limi

5.2 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiyqot faoliyatini tashkil etish  bo`limi

5.3 Xalqaro  xamkorlik bo`limi

5.4 Axborot- texnologiyalar markazi

5.5 Tahririyat va nashriyat bo`limi

6.  Buxgalteriya

7.  Reja- moliya bo`limi

8.  Ishlar boshqarnasi

9.  Mexnatni muhofazalash bo`limi

10.Texnik foydalanish  bo`limi

11. Uqituvchining  texnik vosiytalari bo`limi

12. Kanselyariya va arxiv

13 Bosh muxandis

14. Ichki nazorat va monitoring bo`limi

15. Kadrlar bo`limi

16. Byurtmalar portfoleni shakllantirish,bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo`limi

17. Talim sifatini nazorat qilish bo`limi

18. I- bo`limi

19. II- bo`limi

20. Psixolog

21. Yuristkonsult

22. Matbuot kotibi.

28. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialini qayta tuzish va tugatish Vazirlar mahkamasida belgilangan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.


VI. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialini boshqarish

29. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialini boshqarish O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Ustavga muvofiq institutning otalik va kuzatuv kengashlari orqali yakka boshqaruv va jamoat boshqaruvi negizida amalga oshiriladi.

30. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali direktori O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan tayinlanadi va NGMK direktori bilan mehnat shartnomasi tuzadi. (kontrakt)

Direktor filialdagi ishlar natijalari uchun tuliq  javobgar bo`ladi. U filial nomidan O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ish kuradi, filialni barcha muassasalar, organlar, korxonalarga tanishtiradi. Daromad keltiruvchi faoliyat hisobiga ega bo`lgan mablag`larni, mulkni boshqaradi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bankdan filial hisobini ochadi va kreditlar boshqaruvchisi hisoblanadi.

   Direktor o’z faoliyati doirasida:
– barcha xodimlar, talabalar va ta’lim oluvchilar uchun zarur bo`lgan buyruqlarni chiqaradi, farmon beradi.
 – bosh hisobchini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
 – prorektorlarning mas’ulligini va aniq vazifalarini belgilaydi.
 – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi va mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ishchi, hizmatchilarini, shuningdek ilmiy pedagog hodimlarni ishga qabul qiladi va mehnat shartnomasini to`xtatishni  amalga oshiradi.
 – filial tarkibiga kiruvchi ilmiy- tadqiqot, tajriba – eksperimental va boshqa tashkilotlar va bo`limlar vakolatini belgilaydi, ular tug`risidagi Nizomni tasdiqlaydi.
 – filial xodimlari oylik maoshlariga qo`shimcha va ustamalarni belgilaydi.
 – birlashgan kasaba qo`mitasi bilan ichki tartib- qoidalarni tasdiqlaydi.
 – filialning shtatlar jadvaliga muvofiq, direktor ajratilgan mablag` va mehnatga haq to`lash jamg`armasi, filial xodimlarining limit miqdori va oylik maoshlari ta`rif setkasi doirasida qo`yidagi huquqlarga ega:
 – filial xodimlarining ish o`rinlari jadvalini professor- o’qituvchilar tarkibini kiritgan xolda tasdiqlash va oylik maoshlarni belgilash;
 – filialning Ilmiy Kengashi tavsiyasi bo’yicha urnatilgan tartibda tegishli normative-xuquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni ochish va yopish qarorlarini tasdiqlaydi.
 31. Oliy ta’lim to’grisidagi Nizomga binoan Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialidagi asosiy masalalarni ko’rib chiqish uchun Ilmiy Kengash tuziladi. Ilmiy Kengash tarkibida direktor kengash raisi hisoblanadi, direktor urinbosarlari,kafedra mudirlari, Birlashgan kasaba uyushma vakillari kiradi. Ilmiy kengashning boshqa a’zolari filial umumiy majlisida yashirin ovoz berish yuli bilan saylanadi.

 Professor – o’qituvchilar tarkibidan Ilmiy Kengashga saylanadigan a’zolar direktor buyrugi bilan belgilanadi.

   Ilmiy kengashning vakillik huquqi, saylash tartibi va faoliyati 9 dekabr 1998 yildagi Oliy va o’rta – maxsus ta’limning 345- buyrug`i bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muassasasi Ilmiy Kengashi haqidagi Nizom bilan belgilanadi.

32. Navoiy davlat konchilik institutida instituti Nukus filialining jamoat boshqaruvi organi  – otalik va kuzatuv kengashlari tuziladi, va bu  muassis-vazirliklar, jamoat tashkilotlari, fondlar, ishbilarmon doira vakillari, homiylar va boshqa ta’lim muassasasi vakillari kiradi.

   Vasiylik kengashining tarkibi, vakolati, shakllanishi va faoliyati belgilangan tartibda tasdiqlangan otalik va kuzatuv kengashlari to`g`risidagi Nizom bilan belgilanadi.

33. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari mavjud. Kasaba uyushma talabalar va xodimlarning qarashlari va istaklarini inobatga oladi, ularni himoya qiladi.

    Amalda mavjud bulgan Nizomlarga muvofiq Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida ilmiy va ko`ngilli jamiyatlar, ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengash va xay’atlar, yosh olimlar kengashlari va boshqalar tuzilishi mumkin.                    

     Direktorat va Ilmiy Kengashi o’z faoliyatida institutning ijtimoiy tashkilot tafsiyanomasini  ko’rib chiqadi va hisobga oladi.


VII. Moliya-xo’jalik faoliyati va moddiy-texnika bazasi

34. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiga, uning faoliyatini ta’minlash maqsadida, ushbu Ustavda ko’zda tutilganidek davlat (ta’sischi) tomonidan binolarni, inshootlarni, mulk majmuasini, jihozlarni (institut pasportiga asosan), shuningdek ijtimoiy, madaniy, iste’moldagi va boshqa turdagi zaruriy mulkni amaliy boshqarish huquqi biriktirilgan.

     Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiga ajratilgan yer maydoni muddatsiz qaytarib olinmasdan,  foydalanish uchun ta’lim muassasiga biriktirilgan.

35. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialiga pul mablag`lariga, mulkka va boshqa jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sovg`a va vasiyat qilib berilgan boshqa ob’ektlarga, intelektual va ijodiy mehnat mahsulotlariga, shuningdek o’z faoliyatidan kelgan daromadlarga va bu daromadlar hisobiga olingan, alohida balansda mavjud bo’lgan mulkka, egalik  huquqi tegishlidir.

36. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali mulkka ijarachi va ijara beruvchi sifatida ishtirok etish huquqiga ega. Institut tomonidan o’z mulki bo’lgan ob`ektlarni ijaraga berish institutning Ilmiy Kengashi roziligi bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

46. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialini moliyalashtirish davlat me’yorida belgilangandan kelib chiqib, davlat grantlariga muvofiq mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishga ajratilgan respublika (tegishli byudjet) mablag`i hisobidan, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan, shu jumladan talabalar va tinglovchilarning belgilangan tartibda to’lov-shartnomalari hisobidan amalga oshiriladi.

37. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali ta’lim sohasida va boshqa sohalarda, agar bu institutning asosiy faoliyatiga zarar keltirmasa, pullik faoliyatni amalga oshirishi mumkin.

    Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali amaldagi qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini yuritish huquqiga ega. Institut shug`ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavdagi vazifalariga mos kelishi lozim.        Institut belgilangan tartibda o’z mulki bilan xo’jalik jamoalari va shirkatlarning Ustav jamg`armasida qatnashish huquqiga ega; olingan qo’shimcha daromad (daromad) dan qonunchilikda ko’zda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lagandan so’ng mustaqil ravishda foydalanish mumkin.

    Navoiy davlat konchilik institutining pullik ta’lim faoliyati byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan ta’lim faoliyati doirasida va shu evaziga amalga oshirilishi mumkin emas.

    Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialibelgilangan tartibda nashriyot-poligraf faoliyatini olib borish huquqiga ega. Institut mustaqil shartnomalar tuzadi, majburiyatlarni va boshqa shartlarni belgilaydi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Ustavga zid bo’lmagan faoliyat bilan shug`ullanadi.

38. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida belgilangan qonunchilik asosida ta’limni rivojlantiruvchi, malakali o’qituvchilarni tayyorlovchi va byudjetdan tashqari mablag`lar hisobiga, mehnat to’lovi jamg`armasi va boshqa manbalar hisobiga talabalar va xodimlarni moddiy ta’minlovchi jamg`armalar tuzilishi mumkin.

39.  Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining xodimlari oylik maoshlari mehnat to’lovining yagona tarif jadvaliga muvofiq mehnat shartnomasi tuzilib belgilanadi. Ish haqi, hodim o’zining xizmat majburiyatlari va ishlarini bajargani uchun mehnat shartnomasida ko’zda tutilganidek, to’lanadi. qo’shimcha ustama va boshqa moddiy rag`batlantirishlar byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan filial tomonidan mustaqil belgilanadi, byudjet hisobidan esa – belgilangan qonunchilik asosida mehnat to’lovi doirasida to’lanadi.

40. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida,filial moddiy texnika bazasini rivojlantirishda ishtirok etadi, zamonaviy o’quv laboratoriya kompyuterli va ko`paytiruvchi jixozlar bilan, shuningdek o`quv uslubiy va ilmiy adabiyot,  shu jumladan chet tillarda chop etiladigan adabiyotlar bilan ta’minlaydi.


VIII. Xalqaro hamkorlik

41. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali O`zbekiston Respublikasi «Ta’lim toqg`risida»gi qonunning 33-moddasiga muvofiq talim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorligida qatnashish huquqiga ega:

 – Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali chet el fuqarolarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakalarini oshirish, O`zbekiston Respublikasidan tashqarida institut pedagog xodimlarini  o’qitish, ilmiy- tadqiqot ishlari olib borishlari davlatlararo shartnomalar,ta’limni boshqaruvchi vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlar ta’limini boshqaruvchi vakolatli organlar o’rtasidagi shartnomalar,shuningdek Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar va xorijiy yuridik shaxslar bilan tuzilgan to’gridan-to’gri shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
-Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
-xukumatdan tashqari xalqaro tashkilotlarga a’zo bo`lish;
-xorijiy xamkorlar bilan O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomasi sifatida ko’zda tutilmagan xamkorlik faoliyati xaqida shartnomalar tuzish;
-xorijiy xamkorlar ishtirokida institutning tuzilmali bo`linmalarini tuzish (markazlar,laboratoriyalar,texnik xiyobonlar va boshqa bo’limlar)

42. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq,  ushbu Ustavda ko’zda tutilgan va «Ta’lim toqg`risida»gi qonunda hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni bajarishga yo`naltirilgan, shuningdek xalqaro aloqani rivojlantiruvchi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga ega.


IX. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali faoliyatini

 Hisobga olish,  hisob-kitob va nazorat qilish

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali amaliy va hisoblovchi xamda moliyaviy xo’jalik faoliyat natijalari nazoratini amalga oshiradi, hisobli va statistik xisobot, tuzilmali bo`linmalar bo`yicha ma’lumotli hisobot olib boradi, ularning shakli, manzili va vaqtini Navoiy kon-metallurgiya kombinati va davlat statistika organlari, moliyaviy organlar belgilab bergan xolda ko`rsatadi. Institutning moliyaviy xo`jalik faoliyatini taftish qilish bir yilda bir marta o`tkaziladi. Institutning ayrim turdagi faoliyatini tekshirish soliq va boshqa davlat organlari tomonidan ular vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin. Taftish va tekshiruv natijalari xaqida konunchilikda belgilangan muddatda institutga xabar beriladi.

43. Navoiy davlat konchilik instituti  Nukus filiali bajarishi zarur:
 – Navoiy kon-metallurgiya kombinati Ustaviga amal qilish;
 – Navoiy kon-metallurgiya kombinati  bo’linmalari birgalikdagi faoliyatida va birgalikdagi rivojlanish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
 – davlat, tijorat, xizmat sirlari hisoblangan mahfiylik tartibi talablarini saqlashni ta’minlash;
 – Filial faoliyati bilan bog`lik zaruriy masalalarni echish uchun axborot taqdim etish.

44. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali quyidagilar uchun javobgar bo`ladi:
 
– ushbu Ustavda ko’zda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda;
 – Filial shartnomalari bajarilmaganda, qachonki O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va tuzilgan shartnoma belgilagan tartibda;
– Nizomga muvofiq qabul qilingan qarorlarni bajarmaganlik natijasida filialga zarar yetkazilganda;
 – davlat, tijorat, xizmat sirlari hisoblangan mahfiylik tartibi talablariga amal qilinmaganda;
 – o`quv rejasi va o`quv jarayoni jadvaliga muvofiq ta’lim dasturi to`liq hajmda bajarilmaganda;
 – ta’lim jaryonida filial xodimlari va ta’lim oluvchilar xayoti va sog`ligi uchun;
– filial xodimlari va ta’lim oluvchilarning erkinligi va xuquqlari buzilganda;
 –  O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko`zda tutilgan boshqa ishlar uchun;


X. Xulosa.

60. Ushbu Ustavda o’zgartirish va qo`shimchalar kiritish va uni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

61. Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialini qayta tuzish va tugatish amaldagi qonunchilik asosida tartibga solinadi.