Filial haqida

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan etuk insonlar bo’lib ulg’ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 noyabrdagi 925 – son qarori bilan Nukus shahrida Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali tashkil etildi.

2019-2020 o’quv yili
filialda 5311600 – Konchilik ishi va 5320400-Kimyoviy texnologiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha jami 54 nafar talaba (17 grant va 37 to’lov kontrakt) qabul qilindi.

Filialda professor-o’qituvchilar 
uchun ajratilgan 5 shtatta 17 nafar professor-o’qituvchilar o’rindoshlik asosida faoliyat yuritib, ilmiy salohiyat 47 foizni, ularning o’rtacha yoshi 45 yoshni tashkil etadi. 2019-2020 o’quv yili boshidan 7 ta oliy ta’lim va 1 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari, 3 ta ishlab chiqarish korxonalari bilan xamkorlik aloqalari yo’lga quyilgan bo’lib, shu jumladan 3 ta halqaro shartnoma imzolandi.

Axborot-resurs markaziga 
380 dona (ta’minlanganlik 73%) o’quv va badiiy adabiyotlari tayanch Navoiy davlat konchilik institutidan olib keltirilgan bo’lib, etishmaydigan adabiyotlarning elektron versiyalari bilan ta’minlanib, ishlash uchun kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan.

Internet
tarmog’ida filialning http://www.ndkinf.uz  filial sayti mavjud bo’lib, sayt muntazam ravishda yangilanib borilmoqda.

Moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo’yicha filial bo’limlari, 
o’quv auditoriyalari, kompyuter sinflari va server xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligini ta’minlash va ichki kompyuter tarmog’ini takomillashtirish maqsadida ham bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

SHu o’rinda amalga oshirayotgan ishlarni bugungi kun talabi 
darajasida deb to’liq ayta olmaymiz. CHunki, mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan asosiy vazifalar faqat ta’limning rivojlanishi emas, balki rivojlanishning yangi bosqichini boshlab beradigan “ilm-ta’lim-ishlab chiqarish” aloqalarini rivojlantirishning zamonaviy dasturini keltirib o’tishimiz lozim. Bu dasturning hayotga tadbiq etilishi kelajakda har bir oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning aniq mexanizmlarini yaratishga, ilmiy-tadqiqotlarni ishlab chiqarishga qo’llanish samaradorligining ortishiga xizmat qiladi.

Yangi o’quv yilidan filialning to’laqonli faoliyat yuritishi uchun alohida bino va inshootlar, hususan o’quv auditoriyasi va laboratoriyalar, sport zal, talabalar turar joyi, shuningdek er maydonlari bilan ta’minlash, mavjud 5320400-Kimyoviy texnologiya va 5311600 – Konchilik ishi ta’lim yo’nalishiga qo’shimcha yangi 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish, 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo’nalishlariga qabul qilish va shuning natijasida talabalar soni 54 nafardan 160 nafarga ortishi kutilmoqda. Filialda o’qitishda raqamli texnologiyalar shu jumladan, https://dist.edu.uz/navdkinf/ moodle elektron platformasi, onlayn, vebinar texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy o’quv adabiyotlari va ko’rgazma qurollari bilan ta’minlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish orasidagi integratsiyani yanada takomillashtirishda, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo’lga qo’yish xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xamkorlik aloqalarini rivojlantirish, davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajarilishi mo’ljallangan ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish va undan maqsadli foydalanish, filial jozibadorligini oshirish, sirtqi qabul va qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish, maktab va akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bitiruvchilariga ma’lumotlar berish, xorijiy talabalarni jalb etish ko’lamini oshirishni maqsad qilib qo’ygan.