Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov:

— Germaniya xalqaro hamkorlik (GIZ) jamiyati bilan yurtimizda oliy va professional ta’lim tizimini rivojlantirish, uni qoʻllab-quvvatlash borasida bir necha yillardan beri muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelayotganligimizni yuqori baholaymiz. GIZ bilan professional ta’lim tizimini qoʻllab-quvvatlash borasida 7 mln yevrolik yangi loyihani hamkorlikda amalga oshirayotganimiz professional ta’limdagi islohotlarimizni yanada kuchaytirish imkoniyatini beradi.

Vazirlikda GIZning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yorg Pudelka va loyiha rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda hamkorlik natijasida qiymati 17 mln yevroga teng xalqaro loyihalar olib borilayotgani, imzolangan bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan yangi hamkorlik yoʻnalishlar belgilanayotgani ta’kidlandi.

Budjeti 10 mln yevro miqdoridagi loyihaning keyingi 5 fazasiga start berildi.

Uchrashuv soʻngida ikki tomonlama hamkorlik bitimi imzolandi.