YOSHLARNING SIYOSIY BILIMI VA HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH

«Yoshlar orasida saylov jaroyonlarini keng ommalashtirish aholining ayniqsa yoshlarning elektoral madaniyatini yuksaltirish, saylov qonunchiligiga oid huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida “Saylov-2021” targ‘ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Unda filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Q.Yusupov, filialning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i N.Qidirniyazovlar filial talabalariga saylov jarayonlariga oid ma’lumotlar bilan tanishtirdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilarga yangidan ishlab chiqilgan yoshsaylovchi.uz platformasi haqida tushunchalar berilib, saylovga oid bo’lgan qo’llanmalar hamda huquqiy kitoblar tarqatildi.

Filial Matbuot xizmati.