“GIYOHVANDLIK – ASR VABOSI, UNDAN YOSHLARIMIZNI ASRAYLIK!” MAVZUSIDAGI TARG‘IBOT TADBIRI

Joriy yilning 12-oktabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi kurashish”, “Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzularida targʼibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.Yusupov olib bordi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi boʼlim boshligʼi M.Uteniyazov, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Matlyubov, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimi F.Azgarov, Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimi Sh.Juraev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Adilbekov, Respublika ixtososlashtirilgan narkalogiya ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali inspektori N.Dauletmuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlar Qaziyati vakili A.Jolaushievlar so’zga chiqib, insoniyat oʼz aqli, mehnati, bilim va iqtidori bilan yangidan-yangi choʼqqilarni zabt etayotganligi, ayni paytda dunyoda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid solayotgan xatarlardan biri — giyohvandlik illatining uchrashiga ham insoniyatning oʼzi sababchi boʼlayotgani gʼoyat achinarli hol ekanligini taʼkidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining maʼlumotlariga koʼra, dunyoda 27 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yoʼliqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha boʼlganlar tashkil etadi. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan koʼz yumadi. Eng achinarlisi, giyohvandlik ogʼir va oʼta ogʼir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga sabab boʼlayotganligin ta’kidlab talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashashga, sport bilan doimiy shug‘illanishga chorlab qoldi.

Targʼibot kechasi davomida talaba-yoshlar oʼzlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.

Filial Matbuot xizmati.