#Kitob_sovg’a_qilaman

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirishga bag‘ishlab turli tadbirlar, xayriya aksiyalari tashkil etish, ijtimoiy reklamalardan unumli foydalanish, o‘zbek, qoraqalpoq hamda jahon adabiyotining mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida ham kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib qilish bo’yicha harxil tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. #Kitob sovg’a qilaman xeshtegi asosida filialning barcha xodimlari o’zlarining uy kutubxonalaridan filial axborot-resurs markazi uchun kitoblarin taqdim etdi.

Albatta, bunday tadbirlar xalqimiz ma’naviyatini boyitishga xizmat qilishi bilan birga, yoshlarni ko‘proq kitob o‘qishga undaydi.

Filial Matbuot xizmati.