FILIALIMIZDA «TAZARRU» KINOFILMI NAMOYISHI BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 24-sentabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida «Tazarru» kinofilmi namoyishi bo’lib o’tdi.

Kinofilmni talaba-yoshlarga ko’rsatishdan maqsad – yoshlarimizni ma’naviy-ma’rifiy ishlarga yo’naltirish,  diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi immunitetini oshirish, insonlarni yaxshilikka, ezgu maqsadlarga chorlashdan iborat.

«Tazarru» kinofilmida diniy-ekstremizm kabi illatlarning qurboni bo’lgan insonlar taqdiri va Suriyadagi bolalar va yoshlarning ayanchli taqdirlari haqida ko’rsatib o’tilgan.

Namoyishdan keyin filialimiz talaba-yoshlari kinofilmni ko’rish mobaynida o’z fikrlarini bildirib, o’zora fikr almashdi.

 

 

 

Filial Matbuot xizmati.