Psixologik_trening

Joriy yilning 24-sentabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali konchilik ishi ta’lim yunalishi 3 B-kurs talaba-yoshlari uchun kasbiy faoliyat psixologiyasi fanidan seminar-trening tashkil etilib, unda filial psixologi Z.Baymuratova kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, barkamol shaxsni tarbiyalash hamda talabalarga har tomonlama psixologik ko‘maklar ko‘rsatish bo‘yicha trening o‘tkazdi.

Filial psixologi Z.Baymuratova talabalarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini bilish, ularni o‘z kasblari qiziqishlarini yanada orttirish, motivatsiya berish bo‘yicha harxil psixologik mashqlarni o‘tkazdi.

O‘z navbatida talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan, treningda faol ishtirok etishdi.

Filial Matbuot xizmati.