SH.MIRZIYOYEVNING «YANGI O’ZBEKISTON STRATEGIYASI» NOMLI KITOBINING TAQDIMOTI BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 23-sentabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning  “Yangi O`zbekiston strategiyasi” nomli kitobining taqdimoti bo`lib o`tdi.

Tadbirni filial direktori A.Kaipbergenov olib bordi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari M.Ibragimov, B.Aldamuratovlar Yangi O`zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo`nalishlari va yoshlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi.

Kitob so’zboshida aytilishicha, Yangi O’zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo’nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

«Yangi O’zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g’oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko’lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir»,- so’zlari bilan kitob boshlanadi.

Tadbirda filialning barcha xodimlari, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Filial Matbuot xizmati.