#Avtomobilsiz_kun

🚴‍♂️ “XALQARO AVTOMOBILSIZ KUN” DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI 🚴‍♂️

Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlar, ayollar va keksalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, ommaviy sportni inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy salomatlik asosi ekanini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 22-sentabr – O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi.

Ushbu kun doirasida yurtimizda ham bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

Bugun “Xalqaro avtomobilsiz kun” doirasida Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida ham tadbir tashkil etildi. Unda filialning barcha xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.

Filial Matbuot xizmati.