MUSOBAQA TASHKILLASHTIRILDI

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida 1-kurs talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa o’tkazildi.

Sport musobaqani filialning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i N.Qidirniyazov so’zga chiqib musobaqa ishtirokchilariga omadlar tilab, talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda shunday sport musobaqalarining o‘rni haqida gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng so‘zga, Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali Sport klubi raisi M.Shukrullaev chiqib, musobaqa qatnashchilariga omadlar tilab musobaqa haqqoniy o’tishida hakamlarga omadlar tiladi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga filial direktsiyasi tomonidan faxriy yorliq va sovg’alar topshirildi.

Filial Matbuot xizmati.