II XALQARO BAXSHICHILIK SAN`ATI FESTIVALI

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali 2-kurs Mashinasozlik texnologiyasi guruh talabalari va guruh murabbiyi N.Najimova boshchiligida Nukus shahrida o‘tkazilayotgan II Xalqaro baxshichilik san`ati festivaliga tashrif buyurdik. Ushbu festivalga O`zbekistonning barcha hududlaridan baxshilar kelishgan.

Ushbu festival Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o`tgazish orqali mavjud bo`lgan o`ziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni «ustoz-shogird» an‘analari asosida qayta tiklash va rivojlantirishga erishish ko‘zlangan. Shu maqsadda ham ushbu festivalga mezbonlik qilayotgan Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`lmoqda.

Baxshilar haqida ma`lumot beradigan bo`lsak, ular qo‘shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan – avlodga yetgazuvchi san`atkor, xalq dostonchisi. Ular ijroji va ijodkor baxshilarga bo`linib, ijroji baxshilar, asosan, ustozidan o`rgangan dostonlarni o`zgarishlar kiritib qo`llashadi. Baxshilar bir vaqtning o`zida so`zlarga mos xolda kuy ham chalishadi. Shu jixatlar bilan ular boshqalardan ajralib turishadi.

Ushbu festival ming yillik tariximizga bo`lgan qiziqishni yoshlar ongida va yuragida qiziqish uyg`otishdan  iborat. Guruh talabalariga bu tashrif juda maqul bo`ldi. Ota-bobolarimizning san`at va ijodini o`z koz`lari bilan ko`rishga muvafaq bo`lishdi.

Shahzoda Abdullayeva,

Mashinasozlik texnologiyasi,mashinasozlikni ishlab

chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish guruhi 2-kurs talabasi.