«YANGI KELGAN KITOBLAR» KO‘RGAZMASI

Joriy yilning 13-sentyabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali axborot-resurs markazida «Yangi kelgan kitoblar» ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Ko‘rgazmada oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazidan olib kelingan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tanishtirildi.

Tadbir davomida yangi kelgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar bilan filial professor-o‘qituvchilar va talabalar qiziqish bilan tanishdi.

 

 

Filial Matbuot xizmati.