OVOZLI CHAT TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida talabalarning talabalar ijaraga turar joy topishida ko‘maklashish bo‘yicha ovozli chat tashkil etildi. Ovozli chat filialning Telegramdagi «https://t.me/ndkinfjanaliqlari» rasmiy kanalida bo‘lib o‘tdi. Ovozli chatda filialning O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari D.Jumamuratov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari К.Yusupov, shuningdek, barcha mas’ullar hamda talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Ovozli chat avvalida К.Yusupov filial rahbariyati har bir talabani o‘z farzandiday ko‘rib, uning taqdiriga befarq bo‘lmasligi, ularning har bir muammosi ustozlar ko‘magida hal qilinishi hamda amaliy yordam berilishini alohida taʼkidladi. Sport va ilm-fan to’garaklari, “Direktor kubogi” doirasida tashkil etiladigan ko’rik-tanlovlar xususida batafsil so’z yuritdi.

Ovozli chat davomida talabalar hamda ota-onalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi. Yakunda bu kabi ovozli chatlar yana tashkil etilishi va kerakli maʼlumotlar filial rasmiy sahifalarida berib borilishi qayd etildi.

Filial Matbuot xizmati.