FILIALDA YANGI O’QUV YILI MUSTAQILLIK DARSLARI BILAN BOSHLANDI…

Bugun, 6-sentyabridan mamlakatimizda 2021/2022-o’quv yiliga start berildi. Shu munosabat bilan Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida ham talabalar o’quv yilining boshlanishi hamda 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabriklash maqsadida tanishtiruv tadbirlari tashkil qilindi.

Tadbirlarda filial direktori A.Kaipbergenov va filial direktor o’rinbosarlari so’zga chiqib yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarga o’quv jarayonlariga omad tiladi va 1-kurs talabalarini talabalar safiga qabul qilinganligi bilan tabriklab o’tdilar.

Shuningdek, filialdagi barcha akademik guruhlar uchun “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Mustaqillik darslari o’tkazildi.

Darslarda Mustaqillik yillari davomida yurtimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorliklar, islohotlar haqida yoshlarga  professor-o’qituvchilar tomonidan ma’lumotlar berildi.


Filial Matbuot xizmati.