MUKOFOTLAR MUBORAK BO‘LSIN!

Eng ulug’ va eng aziz bayramoldi kunlarida yurtimiz farovonligini yuksaltirishda ibrat bo‘lib kelayotgan, jamiyatimizda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni barkamol insonlar etib voyaga etkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan bir qator yurtdoshlarimiz «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandilar.

Мukofotlanganlar orasida Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali direktori A.Kaipbergenov, O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari D.Jumamuratov,  «Tabiiy va umumkasbiy fanlar» kafedrasi mudiri F.Xudoyberdievlarning mazkur mukofotga sazovar bo’lishi filialimiz jamoasi uchun bayram sovg’asi bo’ldi.

Ularni chin dildan muborak etib, oliy ta’lim tizimi rivojiga qo‘shayotgan fidokorona mehnatlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!

 

Filial Matbuot xizmati.