SEMINAR TASHKIL ETILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi 824-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 15-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid hujjatlar namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 30-son buyrugʻidagi belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalarida seminarlar o’tkazilmoqda.

Shunday seminarlarning biri, Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali professor-oʻqituvchilari va boʻlim xodimlariga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining malakali mutaxassislari tomonidan ZOOM ilovasi orqali “Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizom”ni amaliyotga tadbiq etish boʻyicha seminar trening tashkil qilindi.

Seminarda filial oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, professor-oʻqituvchilar va boʻlim xodimlari ishtirok etdi.

Filial Matbuot xizmati.