YANGI O’ZBEKISTON DEMOKRATIK O’ZGARISHLAR, KENG IMKONIYATLAR VA AMALIY ISHLAR MAMLAKATIGA AYLANMOQDA

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida Prezidentimizning «Yangi O’zbekiston» gazetasiga bergan «Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda» intervyusining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirda respublika targ’ibotchilar guruhi a’zosi, shoir R.Otarbaev, filial direktori A.Kaipbergenov, filial direktori o’rinbosarlari, bo’lim rahbarlari, xodimlar va professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

Bayonatchilarning keltirib o’tganidek mazkur intervyuda: «Ishonchim komil, biz jonajon Vatanimizga bo‘lgan cheksiz mehrimiz va sadoqatimizni muqaddas bayroq qilib, bor bilim va tajribamiz, aql-zakovatimizni ishga solib, yagona xalq, yagona millat bo‘lib, ko‘zlagan ezgu maqsadlarimizga albatta yetamiz.

Yangi O‘zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon  mamlakatga aylanadi.

Men bunga nafaqat ishonaman, balki shu yo‘lda bor bilim va tajribamni, kuch-g‘ayratimni safarbar etishga hamisha tayyorman. Barcha yurtdoshlarimizni ana shunday ulug‘ safda – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari qatorida bo‘lishga da’vat etaman», deb keltirib o’tadi.

Filial Matbuot xizmati.