TANISHUV AMALIYOTI SAMARALI O’TMOQDA

Imtihonlarni a’lo baholarga yakunlab, amalyot darslarini 5-iyuldan o’tashga kirishdik.Biz Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali ,,Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish”guruh talabalari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Taxiatosh metall konstruksiyalar va nostandart jihozlar ishlab chiqarish zavodiga o’z amaliy mashg’ulotlarimizni amaliyot rahbarlarimiz S.Gapparov va R.Arzievlar bilan o’tamoqdamiz.

Ushbu zavodda 114 kishi ishlab, ularning  11 tasi muxandis-texnik ekan. Zavod 2018-yil oktabr oyida qayta rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirilgan.

Ushbu zavoddagi amaliy mashg’ulotlar qiziqarli va maroqli o’tmoqda. Bu erdagi turli xil dastgohlarni ishlash jarayonini ko’rib, nazariy olgan bilimlarimizni amaliyotda yanada mustahkamlayapmiz. Mashinasozlik texnologiyasining asosini dastgohlar tashkil etganligi sababli ham ushbu zavod bizni bilimlarimizni mustahkamlashga katta yordam beryapti.

Shahzoda Abdullayeva,

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo’nalishi talabasi.