MAHORAT DARSI TASHKILLASHTIRILDI

Joriy yilning 24-may kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida 2-kurs konchilik ishi guruhi talabalari uchun «Geologik jarayonlar va ulardan foydalanish yo’llari» mavzusida Zoom dasturi orqali onlayn tarzida mahorat darsi o’tkazildi.

Mazkur mahorat darsini O’zbekiston geologiya muzeyi direktori A.Ahmedshayev olib bordi.

A.Ahmedshayev dars davomida talabalar uchun eng muhim bo’lgan ma’lumotlarni keltirib o’tdi. Talabalar uchun onlayn mahorat darsi juda qiziqarli va mazmunli bo’ldi.

Dars so’ngida filial talabalari mavzuga oid o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Filial Matbuot xizmati.