FILIAL TALABALARI «XOTIRA MAYDONI»GA TASHRIF BUYURISHDI

Joriy yilning 6-may kuni Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali talabalari va guruh rahbarlari N.Najimova, Q.Uzaqovalar boshchiligida Nukus shahrida joylashgan ,,Xotira maydoni”ga tashrif buyurishdi.

Bu tashrifdan asosiy maqsad, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi ,,Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tgazish chora-tadbirlari to`g`risidagi” qaroriga asosan bayram  tantanalari Respublikamiz miqyosida karantin qoidalariga qatiy rioya qilgan xolda o`tgazish mavzusida va talaba-yoshlarning tinchlik uchun jonini fido qilgan ota-bobolarimizning xotiralariga bo`lgan hurmatni va Vatanga bo`lgan muhabbatni uyg`otish maqsadida tashkil etildi.

Xotira va qadrlash – inson aql-zakovatining betakror ma’naviy ne’matlari, tiriklikning azaliy mezonlaridir. Homiylik, saxovat va himmat, mehr va muruvvat fazilatlari xotira va qadr tushunchalari bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etadi. Zero, qalbi saxovatga, mehr-muhabbatga, shafqat-shafoatga to‘la insonlargina o‘z tarixini, ajdodlarini doimo xotirlaydi va fidoyi yurtdoshlari, yorug‘ kelajak yo‘lida mehnat qilayotgan kishilarning qadriga yetadi.

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 61 yilligi nishonlanayotgan shu kunlarda yurtimizda «Xotira va qadrlash kuni» alohida e’tibor bilan bayram qilinayotgani teran ma’noga ega. Binobarin, Ikkinchi jahon urushidagi tarixiy g‘alabani ta’minlashda yurtdoshlarimizning ham jasorat va xizmatlari beqiyos bo‘lgan.

Shu ma’noda, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish va e’zozlash, og‘ir jangu jadallarni boshdan kechirgan, yarador bo‘lib qaytgan keksalarimizni, front ortida mashaqqatli mehnati bilan g‘alabaga hissa qo‘shgan insonlar, ayniqsa, onalarimizning hurmat-ehtiromini joyiga qo‘yish va munosib taqdirlash milliy qadriyatlarimiz qatoridan keng o‘rin olgani quvonchli.

Shu maqsadda tashkillashtirilgan ushbu tadbir barchaga manzur keldi.

Shahzoda Abdullayeva,
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab
chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish guruhi 1-kurs talabasi.